Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskva şahrida Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 81 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi.
Qizil maydonda Ğalaba paradi bölib ötdi. Unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Laos prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya podşohi Sulton Ibrohim va boşqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ham qatnaşdi.



Parad yakunlanganidan söng Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boşqa yetakçilar bilan birga Moskvadagi Aleksandr boğida joylaşgan Noma’lum askar qabriga gul qöydi.
Marosim bir daqiqalik sukut, faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurişi bilan yakunlandi.


Rasmiy tadbirlar yakunida Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bilan uçraşuv bölib ötdi. Şundan söng Özbekiston yetakçisi Toşkentga jönab ketdi. “Vnukovo” xalqaro ayeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzatib qöydi.

Faşizm ustidan ğalabaga Özbekistonning hissasi
Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaga janggohlarda va front ortida çinakam qahramonlik körsatgan Özbekiston köp millatli xalqining ham munosib hissasi bor.
Uruş arafasida respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Sinovli yillarda qariyb 2 million nafar özbekistonlik frontga safarbar etildi. Qonli janglarda 538 mingdan ortiq yurtdoşimiz halok böldi, 158 mingdan ziyodi bedarak yöqoldi.

















