Har qanday insonda öz oldiga qöygan vazifalarga erişiş yölida sarflanadigan ma'lum bir ruhiy quvvat zaxirasi böladi. Agar bu quvvat tugasa, iş unumdorligi keskin pasayadi. Muhim resurslardan mosuvo bölmaslik uçun quyidagi 11 odatdan voz keçiş kerak.
1. Rejaning yöqligi
Qançalik köp qaror qabul qilsangiz, şunçalik köp ruhiy quvvat sarflaysiz. Bu qarorlar ahamiyatli va ahamiyatsiz (masalan, qanday köylak kiyiş) bölişi ham mumkin.
Axir har qanday qaror uçun quvvat sarflanadi. Şu sababli köplab maşhur kişilar ataylab özlarini çeklab olişgan. Barak Obama, Stiv Jobs, Mark Tsukerberg kabi insonlarning garderobiga nazar taşlaş kifoya. Ularning har biri aksariyat hollarda omma oldida bir xil kiyimda köriniş berişgan. Amerikalik tadbirkor va iqtisodçi Set Godin esa heç qaçon nonuştasini özgartirmaydi: u faqat banan-yonğoqli kokteyl içadi.
Yeçim: har kuni ertalab reja tuzing. Avvalo, unga muhim vazifalarni kiriting. Zaruriyatga qarab röyxatni yangilab turing.
2. Haddan ziyod rejalaştiriş
Haddan ziyod rejalaştiriş ham ziyonli bölişi mumkin. Öz röyxatingizni iş, oilaviy uçraşuvlar, sport bilan şuğullaniş kabi narsalar bilan töldiriş juda oson, lekin bularning barçasiga ulguriş juda qiyin.
Dam oliş uçun böş vaqtga ega böliş — muvozanatlaşgan hayotning muhim jabhalaridan biri. Buni unutiş oson, lekin böşaşiş uçun vaqt topiş kerak.
Yeçim: har kunlik iş rejasida sizni tinçlantiruvçi yumuşlarga ham örin qoldiring. Bu biror xobbi yoki şunçaki kitob mutolaasi ham bölişi mumkin.
3. Tartibsizlikni pisand qilmaslik
Siz iş joyingizdagi tartib unumdorlik kabi muhim ahamiyatga ega emas, deb hisoblaşingiz mumkin. Lekin unumdorlik bu joy qançalik tartibga solingani bilan ham boğliq bölişi mumkin. Tadqiqotlarga köra, köz tomonidan qabul qiladigan katta miqdordagi stimullar siz diqqatingizni jamlaşga harakat qilayotganingizda miyaga katta ta'sir qilar ekan.
Mavzuga oid
Stol ustida e'tiborni jalb qiladigan köplab narsalar soçilib yotsa, diqqatni jamlaşga ham katta ruhiy quvvat sarflanadi. Garçi ular smartfon, tovuş va vibratsiya beruvçi boşqa qurilmalar emas, qoğoz qistirgiç, yon daftarlar, içida çoy qotib qolgan piyola kabi narsalar bölsa ham.
Yeçim: nafaqat iş stoli ustida, hamma joyda tartibga rioya qiling. Bu diqqatni jamlaşga foyda beradi va şunçaki tinçlantiradi.
4. Işni keyinga taşlaş
Miyangiz çarçaganini his qilganingizda hamma işni keyinga qoldiriş istagi paydo bölib qoladi. Ba'zan bu örinli: özingizdagi bor ğayratingizni sarflaşga qurbsiz bölsangiz, muhim loyiha ustida işlaş juda qiyin. Lekin işni keyinga taşlaş ruhiy quvvatga salbiy ta'sir körsatadi.
Hattoki işni hoziroq qilgan ma'qulmi yoki keyinroqqa suriş borasida qaror çiqarişga ham kuç sarflanadi. Bajarilmagan işni esga oliş ham zöriqişga sabab böladi. Bularning barisi aqliy salohiyat zaxiralarining yemirilişiga olib keladi.
Yeçim: ikki daqiqa qoidasiga amal qiling — agar işni şu muddat içida bajarişga közingiz yetsa, uni orqaga taşlaş haqida öylab ham körmang. Lekin doim diqqatni jamlaşga putur yetkazmasdan ikki daqiqalik tanaffus qilib turiş mumkinligini ham unutmang.
5. Perfektsionizm
Ideal natijaga intiliş — juda yaxşi, lekin barisi me'yorida bölişi kerak. 10 ta vazifadan önovini ham bajarişga intiliş köp vaqt yöqotilişiga olib keladi, lekin sizning haddan ziyod tirişganligingiz e'tibordan çetda qolib ketişi ham mumkin.
Eng yaxşisi — iş köngildagidek bajarilganligiga işonç hosil qilingan onda uni töxtatiş va ortiqça urinmaslikdir. Siz bir soat ter tökkan xatni öqişga boşliq uzoği bilan ikki daqiqa sarflaşi mumkin.
Yeçim: özingizga iş natijasidan qoniqqanligingiz borasida savol bering. Ideal natijaga erişiş uçun tonnalab ruhiy quvvatingizni sarflamang. Şunçaki, işni yaxşi bajaring — böldi.
6. Köp vazifalilik
Tadqiqotlarning körsatib berişiça, kongnitiv planda köp vazifalilik mutlaqo samarasiz vosita. Bir işdan ikkinçisiga ötiş heç qaçon izsiz ketmagan: har safar siz quvvatingizni şunçaki sovurasiz.
Ba'zi bir insonlarda köp vazifalilik tufayli işining samaradorligi ortadi. Agar bu sizga ham taalluqli bölsa, şunday davom ettiravering — bu band siz uçun emas. Lekin aksariyat insonlar faqat bitta işni binoyidek bajara olişadi.
Yeçim: bir vazifalilikni odatga aylantiring. Pomodoro texnikasidan foydalanib, bir maqsad yölida diqqatni jamlaşni örganing va şundan söng miyaga dam berişni kanda qilmang.
7. Qaydlar yozib borişni istamaslik
Miyangizda neçoğlik köp axborot saqlasangiz, şunçalik köp quvvat yöqotaverasiz. Bu bozordagi savdo-sotiq böladimi, dam oliş joyi uçun ğoyami yoki birortasining telefon raqamini eslab qolişmi, farq yöq. Bunday narsalar yozib borilmasa, miya qöşimça zöriqişlar bilan işlaşga majbur böladi.
Qaydlarni yozib boriş juda oson va foydali. Kompyuter yoki smartfonlar uçun işlab çiqilgan qaydlar yaratiş borasidagi ilovalar tufayli biror muhim narsani unutmaysiz, hattoki miyangiz mutlaqo boşqa vazifalar bilan band bölsa ham.
Yeçim: qaydlarni qoğozda yoki elektron körinişda yozib boring. Bunday qaydlarni yozar ekansiz, göyoki miyangizga “böldi, oğayni, sen uçun bu işni qilib qöydim, bemalol dam olaver”, degandek bölasiz. Boz ustiga, nimaiki yozib qöyiladigan bölsa, xotirada ham yaxşi saqlanib qolinişi öz isbotini topgan.
8. Notöğri oziqlaniş
Yeyayotgan narsalaringiz ham mehnat unumdorligiga katta ta'sir ötkazar ekan. Oq non, guruç, şakar kabi glikemik indeksi yuqori bölgan xöraklar sizning tezda quvvatlanişingizga yordam beradi. Lekin undan keyin darhol pasayiş va çarçoq paydo böladi.
Gliyekmik indeksi past bölgan donli mahsulotlar, meva va sabzavotlar va oqsilga boy bölgan taomlar quvvatni ança sekinlik bilan kötaradi va öz-özidan, uzoqroq saqlanişiga zamin yaratadi.
Yeçim: oziqlaniş tizimini biroz özgartirib, keskin farqni seziş mumkin. Yonğoq, baliq va yangi rezavorlardan yeb turing. Kofeinni köp iste'mol qilmang. Töğri, u yordam beradi, lekin köp vaqtga emas.
9. Suv yetişmasligi
Yetarli darajada suv içing. Aynan qança içişingiz bahsli masala, lekin kuniga olti–sakkiz stakan suv iste'mol qilsangiz, özingizni yaxşiroq his qila boşlaysiz. Organizm salgina suvsizlansa ham bu özingizni yaxşi his qilişingiz va mehnat unumdorligingizga salbiy ta'sir qiladi.
Agar siz gazli içimliklar, kofe yoki çoy içişga odatlangan bölsangiz, suvga könikiş biroz oğir keçadi. Lekin urinib körişingiz şart.
Yeçim: agar siz özingizni köp suv iste'mol qiliş uçun majburlaşda qiynalsangiz, My Water Balance ilovasini yuklab oling. U kuniga qança suv içiş kerakligini körsatib, sizni şu işga çoğlantirib turadi.
10. Uyqu yetişmasligi
Heç narsa quvvatlantirişda uyquga teng kela olmaydi. Yetarli miqdordagi yaxşi uyqu vazifalarni sifatli bajariş va horib qolmaslik uçun zamin yaratadi.
Agar siz kam uxlasangiz, miyangiz barça resurslarni işga tuşirişda qiynaladi. Miyaning qay bir mudrayotgan qismini kofein yordamida “uyğotiş” mumkindir, lekin bora-bora unga nisbtan immunitet şakllanadi. Bundan taşqari, kofe va energetik içimliklar iste'moli kamroq uxlaş könikmasini hosil qiladi, şu sababli çarçoq tez ötgandek böladi.
Yeçim: organizmingiz qança talab qilsa şunça uyqu bering. Butun iş kuni davomida çarçoq sezsangiz, köproq uxlaşingiz kerakligi aniq. Aksariyat insonlar uçun sakkiz soatli uyqu yetarli, lekin siz bu raqamdan qoçing va öz holatingizdan kelib çiqib, muvofiqlaştiring.
11. Sevimli maşğulotlarga bee'tiborlilik
Yuqorida tilga olib ötilgan narsalarga amal qilinsa ham, sevimli maşğulotingizni osongina unutiş yoki unga vaqt ajratişda qiynalişingiz mumkin. Hobbi, videoöyinlar, kitob mutolaasi, rivojlantiruvçi kurslar — bu röyxatni yanada davom ettiriş mumkin.
Yeçim: agar kunduzgi rejangizga siz usiz yaşay olmaydigan maşğulotni qöşiş kerak bölsa — qörqmay qöşavering. Ehtimol, siz kunni öşa sevimli maşğulotingiz bilan 20 daqiqa şuğullanişdan boşlarsiz. Sizni böşaştiruvçi, tabassum baxş etuvçi, hayotdan bahra olişga yordam beruvçi barça narsa kun tartibiga kiritilişga haqli.