Ertaroq uyğoning, bugungi asosiy maqsadingizni belgilang va oilangiz uçun vaqt ajratişni yodingizdan çiqarmang.
Barça istaklarni amalga oşiriş uçun avvalo öz vaqtingizni boşqariş va uni samarali sarflaş ilmini egallaşingiz kerak. Boşlanişiga ertalabki foydali rituallarni (takrorlanib boruvçi harakatlar) taşkil etişga harakat qiling. Aynan ular kunning qolgan barça qismiga tegişli mazmunni yaratadi.
Boşlaşimizdan oldin, bir savol: siz Stenford zefir tajribasi haqida eşitganmisiz? U 60-yillar oxiri — 70-yillar boşlarida keyinçalik Stenford universitetida professor darajasini olgan psixolog Uolter Mişel qöl ostida ötkazilgan.
Uşbu izlanişda bolalar oldiga tanlov qöyilgan: hozir bir dona peçene (ba'zida zefir) yeyiş yoki 15 daqiqa kutib ikki barobar köproq şirinlikka ega böliş. 10 yil ötib olimlar şuni ma'lum qilişdiki, va'da qilingan mukofotni kuta olgan bolalarning hayoti nisbatan yaxşiroq şakllangan.
Özingizdagi nimanidir özgartiriş juda qiyin, çunki bu uzoq davom etuvçi va muşkul jarayon. Ammo omadga erişiş uçun uşbu yölni bosib ötişga töğri keladi. Izlanişlar va şaxsiy tajribalar orqali hayotni yaxşilik tomon özgartiruvçi ba'zi odatlar aniqlangan.
1. Erta uyğoniş
Har bir odam özida uşbu odatni şakllantirişi zarur. Biroq bizning zamonaviy dunyoda bu oson iş emas. Ertalabki soat 5da uyğona olmaslikning sabablari yetarliça topiladi. Ammo sizdan bunday qahramonlik qiliş talab etilayotgani yöq.
Uyqu va tetiklik örtasidagi munosib boğliqlikni örnatiş yetarli.
Agar siz odatda soat 8:00 atrofida uyğonsangiz, ammo bundan 2 soat avvalroq turişni istasangiz — budilnikni soat 7:45ga qöyib köring. Bir neça kun amal qila oldingizmi? Vaqtni yana 15 daqiqa oldinga suring. Kutilganidek soat 6:00da uyğonmaguningizgaça şu yösinda davom eting. Siz birgalikda keçki odatlaringizni özgartirişingiz va ertaroq uyquga ketişga könikişingiz mumkin.
2. Suv içing
Bu şart, çunki organizm tun davomida suyuqlik zaxirasini yöqotadi va uni tiklaş zarur. Ertalabki bir stakan suv metabolizmni işga tuşiradi va tana uyğonişiga yordam beradi.
3. Yotoğingizni yiğiştiring
Kuningiz uşbu ilk ğalaba bilan boşlansin. Amerikalik yozuvçi Tim Ferris aytganidek, bugun sizni nimalar kutayotganidan qat'i nazar, siz har kuni joyingizni gözal holatga keltira olasiz.








