Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» OChLni yirik mag‘lubiyat bilan tugatdi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan «Al-Ayn» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida Nosir ash-Shamroniy hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada Umar Abdurrahmon jarima to‘pini aniq amalga oshirib hisobdagi farqni oshirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida qo‘shib berilgan birinchi daqiqasida Ibrohim Diakiy tomonidan kiritilgan gol hisobning yirik ko‘rinish olishiga sabab bo‘ldi.
Natijada Sergey Lushchansiz ilk uchrashuvini o‘tkazgan va Viktor Karpenko boshchiligidagi dastlabki va oxirgi uchrashuvini o‘tkazgan «Bunyodkor» yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan musobaqani tugatdi.
OChL, 6-tur
«Al-Ayn» - «Bunyodkor» 3:0 (1:0).
Gollar: Nosir ash-Shamroniy (34), Umar Abdurrahmon (77), Ibrohim Diakiy (90+1).
«Al-Ayn»: Xolid Iso, Kayo, Umar Abdurrahmon, Xolid Abdurrahmon, Muhannad Salim , Nosir ash-Shamroniy (Ibrohim Diakiy, 79), Li Myung Chju, Muhammad Xalfan (Ahmad Yusuf, 70), Salim Juma, Said Juma, Danilo Asprilya (Bandor Muhammad, 46).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Javlon Mirabdullayev, Eldor Shomurodov, Vadim Chemirtan (Shahzodbek Nurmatov, 77), Doston Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Sardor Azimov, 90+3), Davron Umirov, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Alisher Sanoyev, 63).
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
23:05 / 05.11.2025