Jahon | 08:24 / 09.05.2017
7201
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada mamlakatdagi eng qidiriluvchi terrorchi yo‘q qilingani tasdiqlandi

Foto: © REUTERS/Bazuki Muhammad

Malayziya politsiyasi mamlakatda eng qidiriluvchi IShID terrorchisi Muhammad Vandi yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda Star nashri xabar bermoqda.

Malayziya milliy politsiyasi rahbari ma'lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli terororchi 29 aprelda Suriyaning Raqqa shahrida dronlar tomondan berilgan zarbalar vaqtida yo‘q qilingan.

Vandi Kuala-Lumpurdagi barga hujumni tashkillashtirishda gumon qilingan. Barda granata portlashi oqibatida 8 kishi yaralangandi. Bu IShIDning Malayziyadagi birinchi va yagona hujumi hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, Vandi 2014 yilda Suriyaga rafiqasi bilan kelgan va IShIDning dala qo‘mondonlaridan biri hisoblangan. U yangi jangarilarni yollash va Malayziyada teraktlar uyushtirishga javob bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid