Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va BMT, ushbu nufuzli universal xalqaro tashkilot institutlari, shu jumladan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida ta'kidladi.
Inson huquqlarini har tomonlama himoya qilish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tarkibiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishi ekani qayd etildi.
O‘zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash bo‘yicha samarali qonunchilik tizimi yaratilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi bilan bir qatorda 16 kodeks va 400 dan ortiq qonunchilik hujjati qabul qilingan. Parlament Ombudsmani va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sudga daxli bo‘lmagan yangi mexanizm – Biznes-Ombudsman tashkil etildi.
Yaqinda tasdiqlangan va mohiyatiga ko‘ra BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishning «yo‘l xaritasi»ga aylangan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishni takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar dasturi belgilangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning o‘nta shartnomasiga qo‘shilgan. Bugungi kunda ushbu hujjatlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yuksak e'tibor qaratilayotgani va bu borada amaliy choralar ko‘rilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024