Light | 10:09 / 12.05.2017
36326
7 daqiqa o‘qiladi

Nike, Chanel, BMW: Mashhur brendlar va ularning ortidagi milliarderlar

Forbes reytingida qayd etilgan barcha milliarderlarning moliyaviy ahvoli 1,13 trillion dollarga baholanadi. Microsoft'ga Bill Geyts egalik qilishi hammaga ma'lum, Uorren Baffet Berkshire Hathaway'ni, Mark Tsukerberg Facebook'ni boshqarishi ham sir emas.

Shunga qaramay, daromad manbalari har doim ham keng ommaga tanish bo‘lavermaydi. Masalan, Apple asoschisi Stiv Jobsning bevasi eng qimmat brendlar reytingida yetakchilik qiluvchi texnologik korporatsiyadan emas, balki  Disney studiyasidan daromad oladi. Aksariyat mashhur brendlarning egalari esa umuman ko‘pchilikka tanish emas. Forbes shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

 

Lego

Keld Kirk Kristiansen - 21,1 milliard dollar

Lego'ning uchinchi avlod egasi 1979-2004 yillarda bolalar konstruktor-o‘yinchoqlarini ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyani boshqargan. Kompaniya aksiyalarining 75 foizi Keld va uning uch nafar voyaga yetgan farzandiga tegishli.

 

Chanel

Alen Vertxaymer - 11,8 milliard dollar

Jyerar Vertxaymer - 11,8 milliard dollar

Fransiyaning Chanel lyuks brendi Jyerar Vertxaymer va uning ukasi Alenga tegishli.

Shuningdek Jyerar kompaniyaning soat ishlab chiqaruvchi bo‘limini ham boshqaradi, u Shveytsariyada yashaydi. Uning bobosi Per 1920-yillarda Gabriyel (Koko) Shanel bilan hamkorlik qilgan.

 

Cartier

Yoxan Rupert - 6,1 milliard dollar

Cartier brendi Montblanc kabi Shveytsariyaning hashamat buyumlarini ishlab chiqaruvchi Compagnie Financiere Richemont kompaniyasi raisi Yoxan Rupertga tegishli. Kompaniya Rembrandt Group Limited (hozirda Remgro Limited)ga taalluqli xalqaro aktivlarni ajratish yo‘li bilan yaratilgan.

Ishbilarmonlarning so‘zlariga ko‘ra, u hammadan ham butun kompaniyani 175 million dollar evaziga sotib olish imkoni turganda Gucci'ning yarmini xarid qilganiga afsuslanadi. Shuning uchun Rupert yosh ishbilarmonlarga "o‘z instinktlariga amal qilish"ni tavsiya qiladi.

 

Ebay

Per Omidyar - 8 milliard dollar

Jyeff Skoll - 4,3 milliard dollar

Meg Uitmenss- 2,3 milliard dollar

Per Omidyar – eBay asoschisi, shuningdek u direktorlar kengashi a'zosi lavozimini egallaydi va PayPal'ning to‘lovlar bo‘yicha sho‘'ba korxonasini boshqaradi.

Jyeff Skoll - eBay'ning sobiq rahbari, u kompaniyani 2001 yilda tark etgan. U internet-riteyler aksiyalarida boyib ketib, milliarderga aylangan.

Meg Uitmen Hewlett Packard Enterprise bosh direktori lavozimini egallagan. Shunga qaramay, uning moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga eBay aksiyalari yordam bergan.

 

Hermes

Nikola Pyush - 2,3 milliard dollar

Nikola Pyush Hermès modalar uyiga asos solgan Emil-Moris Ermening avlodi hisoblanadi. Bugungi kunda bo‘yin-ro‘molchalari va Birkin sumkalarini ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya daromadi 5 milliard yevrodan oshadi.

Hermès'ning 6 foizdan biroz kamroq aksiyasi Pyushga tegishli. Ermening oila a'zolari aksiyalarning nazorat paketiga ega, ular yana 20 yil davomida uni sotmaslik majburiyatini olishgan.

 

Gucci

Fransua Pino - 15,7 milliard dollar

Gucci, Stella McCartney, Alexander McQueen va Yves Saint Laurent moda brendlari Fransua Pino va uning oilasiga tegishli.

Shuningdek ular Christie's kimoshdi savdo uyi, to‘rt vino ishlab chiqaruvchi korxona va uch fransuz nashriga ham egalik qilishadi. Pino oilasining 3000 buyumdan iborat kolleksiyasi Pikasso, Mondrian va Kunsa mehnat mahsullarini o‘zida jamlagan.

 

Starbucks

Hovard Shults - 3 milliard dollar

Hovard Shults Starbucks'ni 1987 yilda xarid qilgan, 2008 yilda esa sakkiz yillik tanaffusdan keyin yana kompaniya rahbari lavozimini egalladi. Shu vaqtdan boshlab qahvaxonalar tarmog‘i aksiyalari deyarli besh karra o‘sdi.

 

Intel

Gordon Mur, - 7,3 milliard dollar

Gordon Mur Kremniy vodiysining pionerlaridan biri hisoblanadi. U 1957 yilda Fairchild Semiconductor'ga asos solgan, so‘ng kompaniyadan ketgan va 1968 yilda  Intel'ni yo‘lga qo‘ygan.

U bosh direktor sifatida 10 yildan ko‘p faoliyat yuritdi, keyin esa yana 10 yil - kompaniya raisi sifatida. 1997 yilda u pensiyaga chiqdi.

 

Nike

Fil Nayt - 26,2 milliard dollar

Nayt – Nike poyabzal brendi asoschisi. U 2016 yilning iyunida, 52 yillik faoliyatidan so‘ng kompaniya raisi sifatida pensiyaga chiqdi.

Nike hammuassisi - sobiq murabbiy Bill Bauerman. Ularning har biri kompaniyani yo‘lga qo‘yishda 500 dollardan mablag‘ kiritgan. Uning o‘sha paytlardagi nomi Blue Ribbon Sports bo‘lgan.

 

Louis Vuitton

Bernar Arno - 41,5 milliard

Bernar Arno 70 brenddan iborat imperiyani nazorat qiladi: Dom Perignon, Bulgari, Louis Vuitton, Sephora va Tag Heuer shular jumlasidandir. 3900 chakana do‘kon ham uning boshqaruvi ostida, barchasi LVMH shafeligida.

Arno 1989 yildan beri xolding direktori lavozimini egallab keladi. Bu vaqt davomida sotuvlar rekord darajadagi 40 milliard dollargacha oshdi.

 

BMW

Stefan Kvandt - 18,3 milliard dollar

Syuzanna Kvandt - 20,4 milliard dollar

Stefan Kvandt, marhum Gerbert va Yoxanna Kvandtlarning o‘g‘li, BMW,  Mini hamda Rolls Royce avtomobillarini ishlab chiqaruvchi BMW AG'ning 25,6 foiziga egalik qiladi. Singlisi Syuzannaga esa BMW'ning 20,8 foizi tegishli.

Ikkisi ham kompaniyaning nazorat kengashida bo‘lib, Stefan rais o‘rinbosari hisoblanadi va ko‘pchilik uning rahbar bo‘lishiga ishonadi.

 

Disney

Loren Pauell Jobs - 20 milliard dollar

2017 yilning yanvaridagi SEC hujjatlariga ko‘ra, Stiv Jobsning bevasiga qarashli Laurene Powell Jobs Trust kompaniyasi Disney'dagi ulushining bir qismini sotgan. Trastga Disney'ning 2,5 foizi, Lorin Pauell Jobsga esa media-firmaning 4 foizi tegishli.

 

Coca-Cola

Sol Daurella - 1,1 milliard dollar

Sol Daurella — 2015 yilda Coca-Cola Iberian Partners SA, Germaniyaning Coca-Cola Erfrischungsgetränke AG va Amerikadagi Coca-Cola Enterprises oilaviy kompaniyalarining qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan dunyodagi eng yirik Coca Cola European Partners PLC kompaniyasi raisi.

Mavzuga oid