Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mishel Obama Tramp ma'muriyatini keskin tanqid qildi
Foto: Getty Images
AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama prezident Donald Tramp ma'muriyatini keskin tanqid qildi. Bu Amerika maktablaridagi tushliklarni foydali bo‘lishga qaratilgan standartlar bir qadar yengillashtirilganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
«O‘ylab ko‘ring, farzandlaringiz mazasiz va umuman zararli narsalarni iste'mol qilayotganida, boshqa kimdadir hammasi ajoyib», - degan u.
Obama xonimning ta'kidlashicha, hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, AQShdagi har beshinchi bola semizlikdan aziyat chekadi.
«Siz to‘xtashingiz va o‘ylab ko‘rishingiz kerak: farzandlarimiz maktabda yaxshi taomlanishini nega istamaysiz? Siz bilan nimalar yuz bermoqda? Gap shundaki, kimdir bu ishni qilsa, unga sizning farzandingiz aniq kerak emas», - deya ma'lum qilgan u.
Mavzuga oid
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026