Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtachirchiq tumanida chaqaloqni 100 dollar va 900 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Odam savdosi - inson, uning sha'ni, qadr qimmati osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid soladi. Bu uyushgan jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda. O‘rtachirchiq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida endigina bir necha kunlik bo‘lgan chaqaloq “oldi-sotdisi”ning oldi olindi, xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati
O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxonada hamshira bo‘lib ishlovchi 1967 yilda tug‘ilgan Gavhar Olimova (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan), shu tumanda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Gulruh Ochilova va uning onasi 1972 yilda tug‘ilgan Mahbuba Ochilovalar oldindan jinoiy til biriktirib, Gulruh Ochilovaning shu yil 12 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona hovlisida 100 AQSh dollari va 900 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi. Endi bu fuqarolar qonun oldida birdek javob berishadi.
Odam savdosi va ushbu xavfli jinoyat bilan bog‘liq harakatlarning oldini olish va unga qarshi keskin kurashishga qaratilgan Qarorlar ijrosi bo‘yicha bugun mahalla faollari o‘rtasida soha mutaxassislari jalb etilgan holda turli uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad, huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lida dadil odimlayotgan yurtimizning har bir fuqarosi o‘zini ushbu ishga mas'ul deb bilishidir. Ana shundagina har qanday illatning oldi olinadi va bugungi amalga oshirilayotgan barcha sa'y-harakatlar zoye ketmaydi.
Mavzuga oid
17:21 / 13.12.2025
Myanmada odam savdosi qurboniga aylangan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘z vataniga qaytarildi
21:18 / 04.11.2025
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
16:00 / 29.09.2025
Pokistonda odam savdosi qurboniga aylangan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
22:54 / 20.09.2025