Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar
Hindiston poytaxti Dehlida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha 74 kg gacha vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U final bahsida qirg‘izistonlik raqibi Muslim Yevlayevdan ustun keldi.
Shuningdek, yana bir hamyurtimiz, 97 kg gacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Magomed Ibragimov ham oltin medal sohibiga aylandi. Nomdor kurashchimiz finalda eronlik raqibi Husayn Lutfali Shahbozigazvarni 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, yunon-rum kurashchilarimiz Mo‘min Abdullayev (130 kg) va Rustam Assakalov (98 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.
Dehlidagi Osiyo chempionati yakuniga yetgandan so‘ng o‘zbekistonlik kurashchilarning bir qismi IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun Bokuga kelishadi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
12:50 / 02.08.2025
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
22:37 / 09.05.2025
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
22:03 / 20.04.2025