22:06 / 13.05.2017
4791

Janubiy sudanlik 1 mln dan ko‘proq bola qochqinga aylandi

Foto: aa.com.tr

Janubiy Sudanda harbiy mojaro boshlangandan keyin 1 mln dan ko‘proq bola o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldilar, deb aytilmoqda BMT institutlari qo‘shma bayonotida.

Bolalar janubiy sudanlik qochqinlarning 62 foizini tashkil qiladi. 

Janubiy sudanlik 75 mingdan ko‘proq balog‘atga yetmagan bola qochqinlar lagerlariga kattalar hamrohligisiz kelgan.

Bundan tashqari, Janubiy Sudandagi yosh bolalar va o‘smirlarning to‘rtdan uch qismi maktablarga bormaydilar. 

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Sudanni millionlab odamlar tark etib, Sudan, Efiopiya, Uganda va Keniyaga ko‘chib o‘tganlar.  

Top