Isroil Ğazodagi falastinliklarni Janubiy Sudanga köçiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu Isroilning HAMASga qarşi 22 oylik uruşi oqibatida vayronaga aylangan hududdan ommaviy emigratsiyaga kömaklaşiş böyiça keng kölamli sa’y-harakatlarining bir qismidir, deb xabar berdi CNN.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞ prezidenti Donald Trampning Ğazo aholisining katta qismini köçiriş ğoyasini amalga oşiriş istagi borligini aytdi va buni «ixtiyoriy migratsiya» deb atadi. Isroil ğazoliklarni Afrikaning boşqa davlatlariga ham köçiriş böyiça xuddi şunday takliflarni ilgari surdi.
«Menimça, töğri qaror, hatto uruş qonunlariga köra ham, men bilganimdek, aholining ketişiga ruxsat etiş va keyin u yerda qolgan duşmanga bor kuç bilan hujum qiliş imkonini beradi», dedi Netanyahu Isroilning i24 telekanaliga bergan intervyusida.
Falastinliklar, inson huquqlari taşkilotlari va xalqaro hamjamiyatning aksariyat qismi bu takliflarni xalqaro huquqni buzgan holda zöravonlik bilan çiqarib yuboriş rejasi sifatida rad etmoqda.
Janubiy Sudan Taşqi işlar vazirligi öz bayonotida Isroil bilan falastinliklarni köçiriş böyiça muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.
AQŞ Davlat departamenti vakili şaxsiy diplomatik suhbatlarga izoh bermasligini aytdi.


















