Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLning eng yaxshi murabbiyligi uchun nomzodlar aniq. Kutilgan 6 da'vogardan yarmi ham yo‘q
Angliya premer-ligasining 2016/17 yilgi mavsumda eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun olti nafar nomzod aniq bo‘ldi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Faxriy unvon uchun da'vogarlar qo‘yidagicha ko‘rinish oldi: Antonio Konte («Chelsi»), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Pol Klement («Suonsi»), Shon Daych («Byornli»), Eddi Hau («Bornmut») va Toni Pyulis («Vest Bromvich»).

«Chelsi» Antonio Konte boshchiligida mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. «Tottenhem» esa Maurisio Pochettino APL tarixidagi eng yaxshi natijasiga erishishi aniq bo‘ldi.
«Suonsi»ni yanvarda qabul qilib olgan, Pol Klement esa jamoani chempionshipga tushib ketishdan saqlab qoldi. Xuddi shunday vazifani «Byornli» ustozi Shon Daych ham uddaladi. «Vest Bromvich» Pyulis boshchiligida 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Bornmut» Xau bilan turnir jadvalining 10-pog‘onasida joylashgan.
Yil boshida ushbu ro‘yxatdan joy olishi kutilgan Xosep Gvardiola, Yurgen Klopp, Joze Mourino va Arsen Venger nomzodlar ichidan o‘rin olmagan.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni 17 mayga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025