Foto: Agrar universitetida ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

Bugungi kunda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish oliy ta'lim muassasalarining ustuvor vazifalari hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, Toshkent davlat agrar universitetida ham talabalarning olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘lash maqsadida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari (paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, o‘simliklarni himoya qilish, pillachilik, meva-sabzavotchilik, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash)da amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini, qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishini inobatga olib bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining 1-3 kurs talabalari uchun Davlat ta'lim standartlari hamda o‘quv jarayoni jadvalida belgilangan bir haftalik o‘quv-tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlari Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq tumanidagi paxtachilik, g‘allachilik, choravachilik, ipakchilik, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, biolaboratoriyalarda va mashina traktor parklarida olib borilmoqda.
Talabalarni amaliyotlarni korxona, tashkilot, ilmiy-tadqiqot muassasalari va fermer xo‘jaliklaridan tashqari universitetning o‘quv tajriba va ilmiy-tadqiqot stansiyasida ham olib borishlari uchun talabalarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan va bugungi kunda talabalar amaliyotlarini o‘tab kelishmoqda.
Qishloq va suv xo‘jaligi bilim sohasidagi ta'lim yo‘nalishlarida malaka amaliyotlari ta'lim dasturining majburiy qismi hisoblanib, talabalarning kasbiy-amaliy tayyorgarligiga bevosita yo‘naltiradi. Malaka amaliyotlari umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni bevosita mustahkamlash uchun o‘tkaziladi va qishloq xo‘jaligining paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, ipakchilik, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va boshqa tarmoqlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etish, ko‘nikmalar hosil qilish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yordam beradi.
Amaliyot davrida talabalarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, ulardan yuqori hosil olish, kasallik, zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi kurashish, g‘o‘za, g‘alla, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, chorvachilik, pillachilik, o‘simliklarni himoya qilish, o‘g‘it qo‘llash tizimi, mexanizatsiya ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlari bilan yuqori malaka professor-o‘qituvchilar tomonidan tanishtirilib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

14:18 / 04.01.2021
To‘lov-kontrakt miqdorlari oshmaydi – vazirlik

10:14 / 03.01.2021
BHM oshishi talabalarning kontrakt to‘lovi bo‘yicha savollarni tug‘dirmoqda

15:12 / 18.12.2020