Jamiyat | 22:13 / 18.05.2017
5120
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda uglevodorodlarni qazib olishda "tarixiy ilgarilash"ga erishilgani e'lon qilindi

Foto: cgs.gov.cn

Janubiy Xitoy dengizi tubida gaz gidratlari qazib olish bo‘yicha tajriba "to‘liq muvaffaqiyat" bilan yakunlandi, deb ma'lum qildi Xitoy yer va tabiiy zaxiralar geologik xizmati.  

Tashqi ko‘rinishi qor yoki uvalanib ketuvchi muzni eslatgani uchun muz yoqilg‘i deb ataluvchi gaz gidratlar konini o‘zlashtirish 10 may kuni boshlandi va ayni vaqtgacha 8 kundan beri muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bu vaqt ichida dengiz sathidan 1200 metr va dengiz tubidan 200 metr chuqurlikda joylashgan kondan 99,8 foiz metanga ega 120 ming kub metr gaz olindi.

Geologik xizmat xabarida tajriba muvaffaqiyati Xitoy kompartiyasining qat'iy rahbariyati nazorati ostida erishilgan tarixiy ilgarilash bo‘ldi, deb ataldi. 

Xitoy markaziy televideniyesining xabarida boshqa davlatlarda dengiz tubidan gaz gidratlarni uzluksiz qazib olishni yo‘lga qo‘yishga urinishlar turli sabablarga ko‘ra muvaffaqiyatga olib kelmagani, bu esa xitoylik mutaxassislar tomondan "yuqori dunyo darajasiga" erishilganini anglatishini isbotlagani aytildi.

Gaz gidratlar qazib olish boshlangan Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasi bir qator davlatlar o‘rtasida hududiy bahslar obekti hisoblanadi.

1 kub metr "muz yonilg‘i"dan 160 kub metr metan olish mumkin. Ba'zi baholashlarga ko‘ra,  gaz gidratlarning dunyo zaxiralari oddiy tabiiy gaznikidan bir necha marotaba ko‘proqni tashkil qiladi, biroq olimlar bu zaxiralarning hajmini turlicha baholaydilar. Ularning fikricha, bu yoqilg‘i hajmi 2,5 mingdan 20 ming trln kub metrgachani tashkil qiladi. Ayni vaqtda gaz gidratlar konlari AQSh, Kanada, Kosta-Rika, Gvatemala, Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Xitoyda hamda O‘rta yer, Qora, Kaspiy va Janubiy Xitoy dengizlarida aniqlangan. Biroq bu konlarni o‘zlashtirish uning tannarxi yuqoriligi sababli murakkablashgan.

Mavzuga oid