Elektrlaştiriş va sun’iy idrokning rivojlanişi tufayli elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj oşişi bilan ekologik jihatdan xavfsiz energiya manbalarini izlaş nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Butun dunyo olimlari tomonidan faol örganilayotgan şunday manbalardan biri quyoş batareyalaridir. An’anaviy kremniyli quyoş panellaridan taşqari muqobil texnologiyalar ham rivojlanmoqda, ularga organik quyoş elementlaridan iborat batareyalarni misol qiliş mumkin.

Organik quyoş batareyalari bir qator afzalliklarga ega. Ular yengil, egiluvçan, işlab çiqarişda nisbatan arzon bölib, derazalarga, matoga yoki hatto xona içiga örnatilişi mumkin, bu esa şaxsiy elektron qurilmalarni quvvat bilan ta’minlaydi. Bunday batareyalar allaqaçon bozorga çiqarilgan, ularning uluşi sezilarli darajada ösişi kutilmoqda. Bugungi kunda organik quyoş batareyalarining samaradorligi 20 foizga yetib, bu an’anaviy kremniy panellari bilan taqqoslanadi. Biroq ularni ommaviy işlab çiqariş ekologik muammolar keltirib çiqarmoqda.

Gap şundaki, organik quyoş elementlarini işlab çiqariş jarayonida zaharli moddalardan taşkil qopgan eritma işlatiladi. Bu eritma qöllanganda buğlanib, atrof-muhit va zavod xodimlarining soğliği uçun xavf tuğdiradi.

“Organik quyoş batareyalarini ommaviy işlab çiqariş uçun zaharli moddalardan foydalanişni istisno etadigan usullarni topiş zarur. Aks holda, bunday texnologiya na ekologik jihatdan toza, na xavfsiz böladi”, — deb ta’kidladi Şvetsiyaning Linçeping universiteti optoelektronika professori Feng Gao.

U rahbarlik qilayotgan tadqiqot guruhi Xitoy va AQŞdagi hamkasblari bilan birgalikda uşbu muammoning yeçimini taklif etdi. Olimlar turli xil xavfsiz erituvçilardan foydalanib, organik quyoş batareyalarini işlab çiqariş usulini yaratdi.

Quyoş paneli uçun işlatiladigan material va erituvçi örtasidagi molekulyar reaksiyalarni örganiş bu kaşfiyotning asosi böldi. Ilğor texnologiyalar yordamida mutaxassislar quyoş batareyasi tuzilişining şakllaniş jarayonini batafsil kuzatişga erişdi.

“Mos erituvçini tanlaş uçun quyoş batareyasini işlab çiqarişning butun jarayonini tuşuniş muhim. Bu jarayonga eritmaning boşlanğiç tuzilişi, buğlaniş paytidagi dinamik jarayonlar va plyonkaning yakuniy tuzilişi kiradi”, — dedi tadqiqot haqidagi maqolaning yetakçi muallifi Ruy Jan.

Uşbu yondaşuv yordamida olimlar köplab xavfsiz erituvçilardan foydalaniş imkonini beradigan universal loyihani yaratadi. Kelajakda hatto suv ham organik quyoş panellari uçun erituvçi vazifasini bajarişi mumkin. Yangi usul organik quyoş panellarini barqaror işlab çiqariş yölini oçib beradi.