Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ICD O‘zbekistonning qator moliya muassasalari bilan kelishuvga erishdi
Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (ICD) O‘zbekistonning qator moliyaviy muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Korporatsiya O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes, xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan kredit mablag‘larini «Ipak yo‘li» AITB, Uzbek Leasing International AJ, Asia Alliance Bank, «Kapitalbank» ATB, Hamkorbank ATB banklariga taqdim etishga qaror qilgan.
UzDaily.uz saytining xabar qilishicha, ICD «Ipak yo‘li» AKIBga 14 mln dollar, Uzbek Leasing International AJ lizing kompaniyasiga 7 mln, Asia Alliance Bank bankiga 12 mln, «Kapitalbank» ATBga 8 mln dollar, Hamkorbank ATBga 12 mln dollarlik kredit mablag‘larini taqdim etadi.
Kredit mablag‘larini taqdim etish bo‘yicha shartnomalar Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi doirasida imzolangan.
ICD ko‘ptomonlama tashkilot bo‘lib, Islom taraqqiyot banki (IDB) guruhining a'zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:13
Firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
14:58 / 10.01.2026
400 mingdan ortiq kishi o‘z nomiga kredit ajratilishini taqiqladi
12:44 / 07.01.2026