Qayd etilişiça, mamlakatda raqamli texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlarining kengayişi, mobil aloqa xizmatlari qamrovining ortişi hamda internet infratuzilmasining rivojlanişi aholi orasida mobil telefonlar ommalaşuviga xizmat qilgan.
Uy xöjaliklari örtasida ötkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalariga köra, sönggi yillarda mobil telefondan foydalanuvçilar uluşi izçil ösib borgan. Xususan, 2021 yilda mazkur körsatkiç 95,7 foizni taşkil etgan bölsa, 2022 yilda 97,8 foizga yetgan.
2023 yilda mobil telefondan foydalanuvçilar uluşi 99,1 foizga çiqqan va 2024 yilda ham şu darajada saqlanib qolgan. 2025 yilga kelib esa bu körsatkiç yana 0,2 foiz bandga oşib, 99,3 foizni taşkil etgan.
Mutaxassislar fikriça, mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki davlat xizmatlari, elektron tölovlar, onlayn ta’lim, elektron tijorat va turli raqamli platformalardan foydalanişning asosiy vositasiga aylanib bormoqda.
Statistik ma’lumotlar mamlakatda mobil texnologiyalardan foydalaniş deyarli töliq qamrovga yetganini körsatmoqda. Bu esa raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş va elektron xizmatlar kölamini kengaytiriş uçun muhim omil sifatida baholanmoqda.

















