Sport | 14:43 / 21.05.2017
18402
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» bosh murabbiyi futbolchilardan qasos olishga va'da berdi

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdlarini Bundesligadagi g‘oliblik bilan tabriklab, Filipp Lam hamda Xabi Alonso faoliyatni yakunlagani munosabati bilan fikrlarini bildirib o‘tdi. U shuningdek, g‘alabani nishonlash vaqtida ba'zi futbolchilari uni pivoga cho‘miltirgani uchun qasos olishga va'da bergan.

«Bu Alonso, Lam va boshqa hamma futbolchilar uchun hissiyotlarga to‘la kecha bo‘ldi. Men bu ikki futbolchiga minnatdorchilik bildirishni istardim. Ular fantastik mavsum o‘tkazishdi, ular fantastik kechgan faoliyatlarini yakunlashmoqda, endi ularga munosib izdoshlar topishimiz kerak», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirgan Goal.

U shuningdek, bayram vaqtida uyushtirilgan pivoga cho‘miltirish marosimini eslab o‘tgan.

«Bu haqiqiy xursandchilik bo‘ldi. Men shunday bo‘lishini bilardim, qaysi futbolchilar meni cho‘miltirishga tayyorlanganini ham. Bu faqat Aren Robbenning ishi emas. Men ularga mavsumlar oralig‘ida katta qiyinchiliklar taqdim etib, javob qaytaraman», — deya hazilomuz fikr bildirib o‘tgan Anchelotti.

Germaniya chempionatining 34-turida«Frayburg»ga qarshi kechgan uchrashuv «Bavariya»ning ikki futbolchisi - Filipp Lam va Xabi Alonso uchun professional futboldagi oxirgi uchrashuv bo‘lib qoldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid