Jahon | 19:59 / 21.05.2017
12916
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda birinchi robot-politsiyachi ish boshladi

Foto: araanews.ae

21 may kuni Dubay politsiyasi safiga birinchi robot-politsiyachi rasman qo‘shildi, deb xabar berdi  Arabian Business nashri.

Robotning bo‘yi – 170 sm, og‘irligi – 100 kg. U 1,5 metr masofadan imo-ishoralar va qo‘l orqali signallarni taniy oladigan "his-tuyg‘ular detektori" bilan ta'minlangan. Shuningdek, u suhbatdoshining his-tuyg‘ulari va yuz ifodasini tushuna oladi.

Ko‘chalarda patrullik qilayotganda, robot politsiya xodimlariga qoidabuzarlarni topishga yordam beradi hamda tegishli videotasvirni taqdim etadi. Dubay politsiyasida ma'lum qilishlaricha, robot ko‘chalarda, jamoat joylarida odamlarga yordam berishga hamda jinoyatchilik bilan kurashishga va shahar xavfsizligiga javob berishga mo‘ljallangan.

Robot o‘ziga o‘rnatilgan navigator evaziga turgan joyining yo‘nalishini aniqlash qobiliyatiga ega hamda 6 tilda, jumladan ingliz va arab tillarida muloqot qila oladi. Shuningdek, aholi politsiya xizmatlari to‘lovlarini robot orqali to‘lash imkoniyatiga ega.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid