12:16 / 22.05.2017
3984

Hisobot: 2016 yilda turli sabablarga ko‘ra qochqinga aylanganlar soni 31 mlndan ortiq

Foto: Reuters

Harbiy mojarolar va tabiiy ofatlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majubr bo‘lgan odamlar soni 2016 yilda 31,1 million kishini tashkil etdi. Norvegiyaning qochqinlar bo‘yicha kengashi hisobotida shu haqda so‘z boradi

Taxminan 922 ming kishi Kongo demokratik respublikasidagi harbiy mojaro tufayli vatanlarini tark etgan. Suriyadan 824 ming kishi qochgan. Bu borada uchinchi o‘rin Iroqqa tegishli ekani aytilmoqda. 2016 yilda bu mamlakatdan 659 ming kishi chiqibk ketgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston (653 ming kishi), Nigeriya (501 ming) va Yaman (478 ming) joylashgan.

Harbiy ziddiyatlar tufayli uy-joylarini tashlab ketgan jami 6,9 million kishidan 2,6 millioni Sahroi-kabirdan janubda joylashgan Afrika mamlakatlaridadir. 

Foto: IDMC

Bunda, hisobotga ko‘ra, tabiiy ofatlar oqibatida, harbiy ziddiyatlarga qaraganda 3 karra ko‘proq odamlar o‘z uylarini tark etishadi. O‘tgan yili kutilmagan ob-havo injiqliklariga duch kelgan 24 mln kishidan katta qismi ketishga qaror qilgan. Bu "reyting"da 7,4 million kishi bilan Xitoy birinchi o‘rinda. Uning ortidan 5,9 mln kishi vatanini tark etgani aytilayotgan Filippin turibdi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinda Hindiston va Indoneziya 2,4 hamda 1,2 millionlik ko‘rsatkich bilan turibdi. 

Hisobot mualliflarining qayd etishlaricha, kelgusida iqlim o‘zgarishi sababli uylarini tark etuvchilar soni ortadi. NRC rahbari Yan Egelannning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlari ichida ko‘chayotganlar soni qochqinlar sonidan ortib bormoqda, shu bois bu masalani xalqaro kun tartibiga qaytarish zarur. 

Mavzuga oid
Top