Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy KXDRga iqtisodiy bosim o‘tkazish uchun Amerikadan 100 kun muhlat so‘ragan
XXR Shimoliy Koreyaga iqtisodiy ta'sir ko‘rsatish uchun AQShdan 100 kunlik muhlat so‘ragan. Xuddi shunday 100 kunlik muddat tashqi savdo bo‘yicha amal qiladi, deb yozmoqda Yaponiyaning "Asahi" nashri. Uning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning XXR raisi Si Tszinpin bilan aprel oyida o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda so‘z borgan.
Amerika hukumati KXDRga nisbatan keskinroq choralar ko‘rishni talab qilgan. Chunki, Shimoliy Koreya tashqi savdo aylanmasida 90 foizlik ulush Xitoyga to‘g‘ri keladi. Aks holda, AQSh Xitoyning Pxenyan bilan hamkorlik qiluvchi korxona va moliyaviy institutlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan. Bunday holatda Xitoy kompaniyalari Amerikadagi hamkorlari bilan o‘zaro aloqalarni davom ettira olmaydi.
XXR, bunga javoban, Pekin va Vashington tashqi savdo sohasida kelishib olgan 100 kunlik muddatga o‘xshash muhlat so‘ragan, deb yozadi nashr. AQShning Xitoyga eksportini oshirishni ko‘zda tutuvchi 100 kunlik savdo rejasi ikki mamlakat tashqi savdosida nomutanosiblikni qisqartirish va Amerika savdo defitsitini kamaytirishga qaratilgan.
Biroq, gazeta Xitoyning so‘nggi ikki haftada ikki marta raketa sinovi o‘tkazgan KXDRga ta'sir o‘tkaza olishiga shubha bilan qaramoqda.
Ta'kidlanishicha, ikkala 100 kunlik rejalar natijalari iyul oyida bo‘lib o‘tajak G7 sammiti doirasida muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
11:22 / 23.06.2026