Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya qirolligida: eski qadrdonlar, yangi tanishlar va yorqin lahzalar
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.
Prezident islom dunyosi mamlakatlari va AQSh rahbarlarining birinchi sammitida qatnashish uchun tashrif buyurgan 50ta mamlakat yetakchilari bilan tushlikda bo‘ldi.
Quyidagi ushbu safar davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z hamkasblari va yuqori martabali mehmonlar bilan uchrashgan fotosuratlari taqdim etiladi.

Islom taraqqiyoti banki prezidenti Bandar Hojar bilan

Arab-musulmon davlatlari va AQSh sammitida ishtirok etgan mamlakat yetakchilari birga suratga tushishdi. Shavkat Mirziyoyev o‘ngdan ikkinchida, Donald Tramp chapdan uchinchida.

Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad ibn Noyif ibn Abdulaziz Ol Saud bilan

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan birga

Imomali Rahmon (chapda) va Nursulton Nazarboyev (o‘ngda) bilan quyuq suhbat

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan

AQSh Prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyev bilan ilk marta ko‘rishmoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan ko‘rishuv

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud (markazda) va AQSh Prezidenti Donald Tramp (chapda)

Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev

Markaziy Osiyo Respublikalari Prezidentlari samimiy suhbatda
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024