Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada jazirama tufayli mingga yaqin kishi shifoxonaga yotqizildi
Yaponiyaning aksar hududida jazirama ob-havo hukm surayotgani aholining keksa qatlamiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Buning natijasida bir hafta mobaynida mingga yaqin kishi shifoxonalarga yotqizildi. Jabrlanganlarning yarmiga yaqini 65 yoshdan katta kishilardir.
Yaponiya tez tibbiy yordam xizmatining 15-21 may kunlariga doir taqdim etgan ma'lumotlarida shu haqda so‘z boradi. Bunda eng jiddiy jabrlanganlar Tokio shahri va Aiti, Osaka, Xyogo, Saitama va Kanagava prefekturalarida ekani ta'kidlangan.
Yaponiya bosh meteorologiya agentligiga ko‘ra, jazirama ob-havo yaqin kunlarda mamlakatning katta qismida saqlanib turadi. Mutaxassislar havo harorati yuqorilagani sababli sovutgichlardan foydalanish, ochiq havoda quyosh tig‘ida ko‘p qolmaslik va ko‘p suv ichishni tavsiya qilishmoqda.
Mavzuga oid
10:26 / 17.07.2026
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
22:57 / 16.07.2026
Jaziramada konditsionersiz qanday yashash haqida 10 ta foydali maslahat
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
08:41 / 16.07.2026