AFP tahlili Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya va Şveytsariya ma’lumotlariga asoslangan. Unga köra, 22–28 iyun kunlari, issiq eng yuqori nuqtaga yetgan paytda, uşbu mamlakatlarda ölimlar soni ötgan yillarning şu davridagi örtaça körsatkiçdan taxminan 10 ming nafarga köp bölgan.

Buyuk Britaniya Meteorologiya xizmati esa Angliya va Uelsda 18–28 iyun kunlari yana qariyb 2200 ta qöşimça ölim holati qayd etilganini ma’lum qildi. AFP hisoboti Şarqiy Yevropa davlatlarini qamrab olmagan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge hukumatlarni ekstremal issiqqa munosabatni özgartirişga çaqirdi.

Uning sözlariga köra, bu kabi ölimlarning katta qismining oldini oliş mumkin, çunki zarur tavsiyalar allaqaçon işlab çiqilgan. Biroq köplab davlatlar hali ham jaziramani soğliqni saqlaş sohasidagi favqulodda vaziyat emas, oddiy ob-havo hodisasi sifatida qabul qilmoqda.

Germaniyada ham rekord issiq fonida ölimlar soni keskin oşgan. Federal statistika idorasi ma’lumotlariga köra, 22–28 iyun kunlari mamlakatda taxminan 23,9 ming kişi vafot etgan. Bu ikki hafta oldingi körsatkiçdan 7100 nafarga köpdir.

Avvalroq Robert Kox instituti (RKI) Germaniyada aynan şu ekstremal issiq haftasida 4310 ta, butun iyun oyida esa taxminan 5100 ta qöşimça ölim kuzatilganini baholagan edi.

Yevropa böyiça boşqa baholaşlar ham mavjud. JSST va Kasalliklarning oldini oliş hamda nazorat qiliş böyiça Yevropa markazi (ECDC) qöllab-quvvatlaydigan EuroMOMO monitoring dasturi avvalroq 27 mamlakat ma’lumotlarini tahlil qilib, qit’ada issiq tufayli 10 mingdan ortiq kişi hayotdan köz yumganini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar qayd etişiça, ekstremal harorat bilan boğliq ölimlarning aksariyati 65 yoşdan oşgan fuqarolar hissasiga töğri keladi. Yuqori harorat nafaqat issiq urişiga, balki yurak-qon tomir va nafas oliş tizimi kasalliklarining oğirlaşişiga ham olib keladi. Bu esa keksa yoşdagi insonlarni eng xavfli guruhga aylantiradi.