Jahon | 09:10 / 23.05.2017
6254
2 daqiqa o‘qiladi

Boliviya prezidenti Trampni “feodal zolim” deb atadi

Foto: AP Photo/Juan Karita

Boliviya prezidenti Evo Morales amerikalik hamkasbi Donald Trampni uning tashqi va migratsiya siyosati tufayli “zolim” deb atadi. 

"Dunyodagi yagona zolim Trampdir, chunki u muhojirlar va ayollarni kamsitadi, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlarida zo‘ravonlik va bosqinchiliklarga turtki beradi", - deb yozgan Morales Twitter mikroblogida.

O‘tgan hafta Tramp Oq uyda Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosni qabul qilgach bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Venesueladagi vaziyatni "insoniyat uchun sharmandalik" va "dahshatli muammo" deb atagan edi.

O‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechirayotgan Venesuelada aprel oyidan beri hukumatga qarshi keng qamrovli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifat hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 50 kishidan ortgan, mingga yaqini jabrlangan. Bunda hukumat 2,6 mingdan ortiq kishini hibs etgan, ularning mingga yaqini hamon qamoqda saqlanmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid