OAV: AQSh Suriyadagi terrorchilarga qurol yetkazib bermoqda

Foto: Anadolu
AQSh Suriya shimolidagi PYD terrorchilariga (PKK’ning Suriyadagi qanoti) qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etmoqda, deb xabar berdi Anadolu nashri.
Xabar qilinishicha, 15 va 20 may kunlari IShID bilan kurash bahonasida Iroqdan Suriyaga ikkita yirik qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar partiyasi yuborilgan.
Anadolu agentligi muxbiri Suriya shimolida Amerika quroliga ega bo‘lgan yuk mashinalarini suratga olgan. Uning ma'lumotiga ko‘ra, qurol-yarog‘ yetkazib berish, Trampning Suriya demokratik kuchlarini qurollantirish haqidagi qaroridan olti kun o‘tib boshlangan.
Umumiy hisobda Iroqdan Suriyaga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bo‘lgan 100 ta yuk mashinasi chiqib ketgan. Yuk mashinalari kolonnasi Xaseke tumaniga yetib bordi va Raqqa shimoliy tumanlariga qarab harakatlanmoqda.
Shuningdek, terrorchilarga zirhli texnika ham yetkazib berilgan.
Terrorchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan foto va videomateriallarni o‘rganib chiqqan agentlik ekspertlari, avval ham PKK’da Amerika quroli bo‘lganini qayd etishgan.
Xususan, terrorchilarda avval BGM-71 TOW tanklarga qarshi kompleksi, 80 va 120 millimetrli minomyotlar, MK19 avtomatik granatomyot, M4 avtomatik karabini, M16 soyli miltig‘i, Humwee zirhlangan mashinalari, Cougar Amerikaning og‘ir zirhli mashinasi, uchuvchisiz uchar qurilmalar bo‘lgan.
Suriya shimolidagi terrorchilarga hattoki Amerikaning FGM-148 Javelin tanklarga qarshi raketa kompleksi ham yetkazib berilgan, deyiladi nashr xabarida.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:38
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV

16:11
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev

12:57
AQSh yaqin 48 ichida Eronning ehtimoliy javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - NBC News

11:58