13:11 / 23.05.2017
10292

Tojikiston YeXHTning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

Foto: YeXHT

Tojikiston bosh prokuraturasi, IIV, milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi, qator jamoat tashkilotlari vakillari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining “Terrorizmga olib boruvchi zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olish” yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortishdi. Tadbir 23-24 may kunlari Venada bo‘lib o‘tmoqda.

YeXHT saytida xabar qilinishicha, yig‘ilishda terrorizm, ekstremizm bilan kurash, ushbu yo‘nalishda halqaro hamkorlik, internetda so‘z erkinligini himoya qilish masalalari muhokama etiladi.

“Aziya Plyus” nashri muxbiri Tojikiston vakillari yig‘ilishda nima sababdan ishtirok etishdan bosh tortgani bilan qiziqdi, biroq hech bir tashkilotda unga tayinli javob berishmagan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tojikiston YeXHT faoliyatidan norozi ekanini bir necha bor bildirib o‘tgandi. Masalan, o‘tgan yilning 7 oktabr kuni Tojikiston jamoat kengashi YeXHTni ikkilamchi standartlarni foydalanishda aybladi. Bundan tashqari, kengash 2016 yilning oktabr oyi boshida Varshavada bo‘lib o‘tgan YeXHT anjumani vaqtida muxolifat vakillari bo‘lganini ham qoraladi. 

Ta'kidlanishicha, Tojikiston YeXHTga birinchi navbatda, jamiyatni demokratlashtirish jarayonini tashkil etishdagi tajribadan foydalanish, milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolik jamiyatining muhim qadriyatlarini yaratish maqsadida kiradi.

Tojikiston so‘nggi vaqtlarda YeXHT bilan hamkorlik qilishdan biroz yiroqlashdi. Shu tariqa, YeXHTning Dushanbedagi ofisi mandatini cho‘zdirish o‘tgan yilning oxirida ancha vaqt orqaga surildi. Biroq 2017 yilning martida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tojikistondagi ofisi mandatini yana yarim yilga cho‘zdirishga muvaffaq bo‘ldi.

Top