O‘zbekiston | 19:29 / 23.05.2017
36543
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek gilosi Rossiya viloyatlaridan biriga qo‘yilmadi

Foto:profermu.com

Rossiyaning Novosibirsk viloyatiga o‘tgan haftada 100 tonnadan ko‘proq meva-sabzavot mahsulotlari qo‘yilmadi. Bu haqda Rossiya OAV ma'lum qildi.

Nazoratdan o‘tmagan yuk 19 tonna o‘zbek va 20 tonna qozoq gilosi, 20 tonna qozoq sabzisi, 42 tonna qirg‘iz va 40 tonna qozoq piyozi hamda 2 tonna qozoq kabachkisidan iborat bo‘lgan.

Rosselxoznadzor xodimlarining aytishicha, barcha mahsulot tegishli markirovkasiz o‘ramlarda bo‘lgan, o‘zbek gilosi esa yana tegishli hujjatlarsiz ham bo‘lgan. Xalqaro karantin qonunchiligiga ko‘ra, bu yukni jo‘natuvchiga qaytarishga qaror qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid