Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyatida bo‘ldi
Buxoro viloyati hokim o‘rinbosari Fazliddin Atoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyatida (Rossiya) bo‘ldi. Bu haqida Uzdaily nashri xabar berdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyati gubernator birinchi o‘rinbosari Yuriy Petuxov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mintaqa o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Yuriy Petuxov Novosibirsk viloyati O‘zbekistonni qadrdon qo‘shni va ishonchli hamkor sifatida ko‘rishini ta'kidladi. "Ishonchim komilki, bizning ikki tomonlama hamkorligimiz uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli bo‘ladi", - qo‘shimcha qildi u.
O‘z navbatida, Fazliddin Atoyev O‘zbekiston va Novosibirsk viloyatining iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda ijobiy istiqbollar mavjudligini qayd etdi. U tomonlar to‘qimachilik sanoati va sayyohlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishlari mumkinligini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida ikki tomon hamkorlikning keyingi istiqbollari bo‘yicha fikr almashishdi. Yaqin kunlarda mazkur uchrashuv samarasi sifatida hamkorlikka doir bitimlar imzolanishi mumkinligini aytishdi.
Mavzuga oid
14:26 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
11:51 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
10:01 / 12.05.2026
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
17:30 / 06.04.2026