Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchixonasida bo‘ldi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2017 yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti ma'lum qildi.
Komilov 22 may kuni Manchester shahrida amalga oshirilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi va elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
O‘z navbatida, elchi Kristofer Allan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buyuk Britaniya uchun qayg‘uli pallada hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirib, bosh vazir Tereza Mey nomiga yo‘llagan maktubi uchun O‘zbekiston tomonga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
08:48 / 16.05.2026
Britaniya mudofaa budjetiga 20 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
09:14 / 09.05.2026
Trampning ittifoqchisi Britaniyadagi saylovlarda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026