Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Burj Al-Xalifa"da Manchesterga hamdardlik ramzi namoyon etildi
Bugun kechqurun Dubaydagi "Burj Al-Xalifa" binosi Manchester fojiasi qurbonlariga hamdardlik ramzi sifatida o‘zgacha tusga kirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda inshootning suratlari keng tarqaldi.
22 may oqshomida Manchester shahridagi Manchester Arena yopiq stadionida portlash ro‘y berdi. Bu vaqtda amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti bo‘layotgandi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 59 kishi jarohatlangan - ularning aksariyati bolalardan iborat.
Dubay ushbu belgi orqali BAAda yashovchi 200 mingdan ziyod britaniyalik shunday og‘ir kunda vatandoshlari bilan birga ekanini namoyon qildi.
Ular dunyodagi eng baland inshootni Buyuk Britaniya bayrog‘i ranglarida yoritishdi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.07.2026
Manchesterning sobiq meri Britaniya bosh vaziri bo‘ladi
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026