Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston parlamenti terrorchilarga nisbatan yangi jazo turini ma'qulladi
Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi – Majlis deputatlari birinchi o‘qishda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartishlarni ma'qulladi. Shu bilan ayrim qonun hujjatlari va kodekslari mamlakat Asosiy Qonuni me'yorlariga moslashtirildi. Konstitutsiyada qo‘shimcha jinoiy jazo turi sifatida fuqarolikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.
"Fuqarolikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi qo‘shimcha jinoiy jazo turi Jinoyat kodeksining 21-moddasida ko‘zda tutilgan", — deb ma'lum qilgan Qozog‘iston adliya vaziri Marat Beketayev palataning plenar majlisida qonun loyihasini taqdim etar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 10-moddasida ko‘zda tutilgan 14ta o‘ta og‘ir terrorchilik jinoyatlarini sodir etganlarga muqobil jazo turi sifatida fuqarolikdan mahrum etish taklif qilinmoqda. Masalan, terrorizm, terrorchilik guruhini tashkil etish va unga rahbarlik qilish, uning faoliyatida ishtirok etish shular jumlasidan.
Vazirning izoh berishicha, Konstitutsiyaviy tuzumning buzilmasligi asosiy milliy manfaatlar doirasiga kiradi. Bu tushunchaga, shuningdek, mamlakatning mustaqilligi, yaxlitligi va davlat boshqaruvining prezidentlik shakli ham kiradi.
"Qozog‘istonning milliy va o‘ta muhim manfaatlariga og‘ir zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarga JKning 11-moddasida ko‘zda tutilgan 16ta jinoyatlar tarkibi kiritilgan bo‘lib, ular orasida genotsid, ayirmachilik faoliyati, ekstremistik guruhni tashkil etish yoki uni boshqarish, yoxud uning faoliyatida qatnashish kabilar bor", — deya ma'lum qilgan Beketayev.
Umuman, qonun loyihasi bilan 7ta kodeks va 46ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025