Jahon | 20:24 / 25.05.2017
9130
2 daqiqa o‘qiladi

Madagaskarda musulmon aholi ko‘paymoqda

Foto: aa.com.tr

Madagaskarning 25 mlnlik aholisi orasida musulmonlar ulushi ko‘paymoqda.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2010 yilda bu orol davlat aholisining 1,1 foizini musulmonlar tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 15 foizga yetgan.   

Madagaskarning 49 yoshli fuqarosi Jan-Jak Revana "Anadolu" axborot agentligiga qanday qilib islomga kirgani haqida gapirib berdi. 
 
Uning aytishicha, 15 yil avval u nasroniylik diniga ibodat qilgan va muntazam ravishda katolik cherkovga qatnagan, biroq shu bilan birga boshqa dinlarga ham qiziqish bildirgan.

"Islom dini menda ko‘proq taassurot qoldirdi va men haqiqiy musulmonga aylandim", deb aytmoqda Revana.

Revananing ta'kidlashicha, u islomda go‘zallikning ma'naviy va ijtimoiy ma'nosini anglagan.   

"Qur'onni o‘rganib, men muqaddas kitobdagi barcha amallarga rioya qilishni va bu bilan yashashni boshladim", deb eslamoqda Revana.

Uning ta'kidlashicha, u islomni qabul qilguncha noto‘g‘ri hayot kechirgan, turli yoshlar tashkilotlari a'zosi sifatida ko‘plab bezoriliklarda ishtirok etgan.     

"Islom mening hayotiy qarashimni o‘zgartirdi, chunki u sayyoramizdagi eng tinchliksevar din hisoblanadi", deb aytmoqda Revana.

Mavzuga oid