51 yoşli polkovnik Maykl Randrianirina harbiy töntarişdan bir neça kun ötib Madagaskarning yangi prezidenti böldi. 17 oktyabr, juma kuni mamlakat konstitutsiyaviy sudi Randrianirinani «respublika tiklanişi» uçun ötiş davri prezidenti sifatida qasamyodga keltirdi. Isyonçi polkovnikning Capsat maxsus bölinmasi 14 oktyabr kuni Madagaskarda hokimiyatni egallab olganini e’lon qildi.

Randrianirina 60 kun haqidagi sud talabini rad etib, 18-24 oy içida saylovlarni ötkazişga va’da berdi. Uning ta’kidlaşiça, fuqarolik boşqaruviga qaytişdan oldin mamlakatda keng kölamli islohotlar ötkazilişi kerak.

Maykl Randrianirina inauguratsiya nutqi çoğida fuqarolik kiyimida bölib, vaziyatni «tarixiy buriliş» deb atadi va dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga yeçim izlayotgan yoşlarning talablarini qondirişga va’da berdi. Inauguratsiya marosimida Germaniya, Fransiya, AQŞ, Xitoy va Rossiyadan yuqori martabali harbiylar, siyosatçilar, yoşlar taşkilotlari vakillari, diplomatlar iştirok etdi.

Madagaskarning hokimiyatdan ağdarilgan prezidenti Andri Radzuelina ommaviy namoyişlar ortidan mamlakatni tark etdi va parlament tomonidan hokimiyatdan çetlaştirildi. OAV xabarlariga köra, u hozir Dubayda. Uning vakillari Radzuelina qonuniy davlat rahbari bölib qolayotganini ta’kidlamoqda. Uning özi 2009 yilda davlat töntarişi natijasida hokimiyatga kelgan va 2019 yildan beri Madagaskarni boşqargan.