Jamiyat | 19:34 / 25.05.2017
5614
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bir haftada sodir etilgan jinoyatlar soni ma'lum qilindi

Toshkent viloyatida 8 kunlik chaqaloqni sotayotganlar qo‘lga olindi.Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida odam savdosini amalga oshirish jinoyatiga chek qo‘yilgan. Tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida bir necha kunlik chaqaloq “oldi-sotdisi”ning oldi olindi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2017 yil 20 aprel kuni O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxonada hamshira bo‘lib ishlovchi 1967 yilda tug‘ilgan G.Olimova (ismlari o‘zgartirilgan) shu tumanda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan G. Ochilova va uning onasi 1972 yilda tug‘ilgan M. Ochilovalar oldindan jinoiy til biriktirishgan. Ular G. Ochilovaning shu yil 12 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona hovlisida 100 AQSh dollari va 900 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid