Jamiyat | 20:53 / 26.05.2017
34581
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston ahlini Ramazon oyi bilan muborakbod etadi

Yaratganga behad shukrlar bo‘lsin-ki, jannatmonand diyorimizga oylar mohi Ramazoni sharif kirib keldi. Bu oyning fazilati haqida muborak kalom Qur'oni karimda va payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hadislarida juda ko‘plab ma'lumotlar keladi. Ushbu oyda qilingan bir yaxshilik ming yaxshilik etib yozilishi, tavbalar qabul bo‘lishi, inson qalbiga yopishgan qoralik ketishi, shaytonlar zanjirband etilishi ana shular jumlasidandir.

Kun.uz tahririyati ana shunday go‘zal oy bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etib qoladi. Qilayotgan har bir yaxshi amallari, Yaratgan huzurida ming hissa oshib qabul bo‘lishi, tutgan ro‘zalari, tavbalari va ibodatlari ikki dunyo saodatiga eltishini tilab qoladi. Bu oyning har bir daqiqasining qadriga yetish, undan unumli foydalanish, odamiylik fazilatlarini yanada shakllantirish har bir insonning, har bir mo‘min-musulmonning ham farzi, ham qarzidir.

Barchangizga Ramazon oyi qutlug‘ kelsin!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid