Tojikistonda katta ehtimol bilan Ramazon oyi 29 kun davom etadi hamda 30 mart kuni Ramazon hayiti nişonlanadi. Bu haqda Tojikistonning Din, an’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga soliş qömitasi xabar bergan.

«Tojikiston ulamolari kengaşi 27 mart kuni yakuniy qaror çiqariş uçun majlis çaqiradi. Joriy yilda Rajab va Şa’bon oylari 30 kunga çözilgani sababli yuqori ehtimol bilan Ramazon oyi 29 kun davom etadi. Mintaqadagi barça davlatlar, şuningdek, Saudiya Arabistoni va boşqa musulmonlar davlatlar ham hozirça şu pozitsiyada», — deya hukumat rasmiysining sözlarini keltirmoqda AsiaPlus naşri.

Şuningdek, Qirğiziston musulmonlari diniy idorasi ham Ramazon oyi 29 martga qadar davom etişini, 30 martda Hayit ayyomi nişonlanişini e’lon qilgan.

Qozoğistonda 27 fevral kuni Ramazon oyining boşlanişiga bağişlab ötkazilgan tadbirda uşbu mamlakat diniy idorasi vakillari 30 mart kuni Hayit namozi öqilişini e’lon qilgan.

«...Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasining Şariat va fatvo qömitasi Turkiy davlatlar taşkiloti muftiylar kengaşi bilan birgalikda muqaddas oyning boşlaniş sanasini belgiladi. Inşaalloh, 2025 yilda Ramazon oyi 1 martda boşlanib, 29 martda tugaydi. Qadr keçasi 26 martdan 27 martga ötar keçasida kiradi, Ramazon hayiti esa 30 mart kuni nişonlanadi», — degan Qozoğiston musulmonlari idorasi vakili.

Özbekiston musulmonlari idorasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Özbekistonda bu masalada kuzatiş va örganiş işlari davom etmoqda.

«Mazkur masalada kuzatiş, örganiş va tadqiq işlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda xulosalar taqdim etiladi, xabar qilamiz», deyiladi Musulmonlar idorasi taqdim qilgan ma’lumotda.

Eslatib ötamiz, joriy yil Özbekistonda muborak Ramazon oyi, Musulmonlar idorasi taqdim etgan axborotga köra 1 martdan