Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniya AQSh bilan razvedka ma'lumotlari bo‘lishishni qayta boshladi
Buyuk Britaniya AQShdan yangi kafolatlar olib, u bilan Manchesterdagi teraktni tergov qilish bo‘yicha razvedka ma'lumotlari bilan bo‘lishishni qayta boshladi. Bu haqda Skotland-Yardning aksilterrorchilik bo‘limi boshlig‘iga iqtibos keltirgan holda "Press Assoshieyshn" axborot agentligi ma'lum qildi.
"Biz butun dunyodagi yaqin hamkorlarimiz bilan munosabatlarni juda qadrlaymiz, bu esa terrorchilik bilan kurashishda hamda mamlakatimizdagi va xorijdagi odamlarni himoya qilishimiz uchun bizga hamkorlik qilish va maxfiy axborot bilan bo‘lishishga imkon beradi", deb aytdi aksilterrorchilik bo‘limi boshlig‘i Mark Rouli.
"Biz odatda xalqaro huquq-tartibot idoralari bilan axborot bo‘lishish haqidagi kelishuvlarimizga izoh bermasak-da, biz shuni qayd qilishni istardikki, yangi kafolatlar olib, hozir butun bunyo bo‘ylab asosiy hamkorlarimiz, jumladan "Beshta ko‘z" razvedka alyanyasi bo‘yicha hamkorlar bilan ham yaqindan ishlamoqdamiz", deb aytdi Rouli. "Beshta ko‘z" alyansiga AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya kiradi.
Avvalroq Britaniya ichki ishlar vaziri Amber Radd OAVda Manchesterdagi teraktni tergov qilish bo‘yicha razvedka axborotidan parchalarning AQShdagi manbalarga iqtibos keltirilgan holda paydo bo‘lishini "kurakda turmaydigan holat" deb atagandi.
Shu munosabat bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 25 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda unga razvedka ma'lumotlari tashqariga chiqib ketib ketmasligi kerakligini uqdirib qo‘yishini aytgandi.