Jamiyat | 16:08 / 27.05.2017
48739
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ko‘p vayron etiluvchi ko‘prik (Foto)

80 yil avval, 1937 yilning 27 may kuni AQShning San-Frantsiskosi eng asosiy timsollardan biri - «Oltin darvozalar» ko‘prigi to‘rt yillik qurilishdan so‘ng ochildi. 1964 yilga qadar u dunyodagi eng katta osma ko‘prik bo‘lgan. Ko‘p kuzatiluvchi tuman va kuchli shamollar – qariyb uch kilometrlik ko‘prik to‘qnash keluvchi yagona g‘ovlar emas.

Konstruktsiyani doimiy ravishda yo‘q qilishga harakat qilishadi – ammo haqiqiy hayotda emas, balki kino va kompyuter o‘yinlarida. Shu bilan birga, falokat-filmlarda ko‘prikni buzish uslublari ham turliligi bilan ajralib turadi. «Oltin darvozalar»ga 1950-yillardan tahdid qilishni boshlashgan: «U dengiz tubidan keldi» filmida ko‘prikni noma'lum maxluq buzib tashlaydi. Shundan so‘ng Godzilla va «Ikki million yil o‘tib» filmidagi yirik akula ham uni yer bilan yakson qilishga harakat qilib ko‘rgan. Keyinchalik ko‘prikka Halk, Magneto komikslari va «Supermen»dan Leks Lyutor qahramonlari ham xavf uyg‘otdi. Quyida ochilganiga 80 yil to‘lgan ko‘prikning filmlar va kompyuter o‘yinlarida buzilishiga oid kadrlar taqdim etiladi.

«Yulduzli yo‘l» (2009) filmi plakati 

«U dengiz tubidan kelgan» (1955) filmidan kadr

«Yer yadrosi» (2003) filmidan kadr

«San-Andreasning yorilishi» (2015) filmidan kadr

«Ikki million yil o‘tib» (2009) filmidan kadr

«Godzilla» (2014) filmidan kadr

Command & Conquer o‘yinida «Oltin darvozalar» ko‘prigi

«Maxluqlar o‘zga sayyoraliklarga qarshi» (2009) animatsion filmidan kadr

«Tinch okeani chegarasi» (2013) filmidan kadr

Left 4 Dead o‘yinining ikkinchi qismida «Oltin darvozalar» ko‘prigi

«10,5 ball» (2004) serialidan kadr

Call of Duty: Advanced Warfare o‘yinida «Oltin darvozalar» ko‘prigi

GTA San Andreas’ning mobil versiyasida «Oltin darvozalar» ko‘prigi

«Oltin darvozalar» ko‘prigida ertalabki trafik, 1952 yil

«Oltin darvozalar» ko‘prigi va tuman, 2017 yilning yanvari

Mavzuga oid