Bu yil bahor fasli seryoğin kelişi aholi uçun qator noqulayliklar tuğdirdi. Respublikaning barça viloyatlarida kuçli yomğirlar yoğişi natijasida suv toşqinlari va sel kelişi kuzatildi.

Uşbu holatlar ayrim hududlarda talafotlarga ham olib keldi. Köpriklar buzildi, aholi xonadonlari yaroqsiz ahvolga keldi.

Jumladan, Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida ham bir neçta köpriklar buzilib, aholiga qator noqulayliklar tuğilgan edi.

Kun.uz saytida bu haqida joriy yil 6 may kuni jurnalistik suriştiruv asosida «Suv toşqinlari vaqtida Qamaşidagi köprik buzildi. Tabiiy ofat oqibatlariga qarşi qanday çoralar körildi?» sarlavhali maqola ham e'lon qilingandi.

Örganişimiz davomida Qamaşi tumani hokimligi buzilgan köpriklarni tiklaş yuzasidan amaliy işlar olib borilayotganligini ma'lum qilgan edi.

Yaqinda internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu yana kötarildi va qizğin muhokamalarga sabab böldi.

Xususan, Qöşkapa qişloğida aholiga xizmat qilayotgan köprik ançadan buyon yaroqsiz holatda ekanligi, köprik qişloqqa olib kiradigan yagona yöl ustiga qurilgani uçun qişloq ahli deyarli bir oydan beri qamalga tuşganday hayot keçirayotganligi ma'lum qilindi. Şuningdek, tuman hokimligidan bu borada berilayotgan va'dalar bajarilmayotganligi bildirilgan.

Uşbu muammo yuzasidan Qamaşi tuman hokimligi tahririyatga ma'lumotnoma taqdim etdi.

«Joriy yilning aprel-may oylari kuçli yomğir natijasida tumanning «Qişliq», «Boburtepa» «Çangak», «Dovud», «Qizilqişloq», «Örtadara», «Çuqurqişloq», «Kökbuloq», «Qöşkapa» va «Olmazor» mahallalari hududida suv toşib, sel kelişi holatlari kuzatildi.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etiş tadbirlariga tuman hokimligi, obodonlaştiriş boşqarmasi, tuman favqulodda vaziyatlar, içki işlar şaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi. Mazkur holatlarda 6ta qulab tuşgan köpriklar qayta tiklab berildi.

«Qöşkapa» mahallasidagi Gov qişloğiga boruvçi içki yölidagi «Qoraboğsoy» zovuridan kesib ötuvçi köprik jiddiy zarar körib, avariya holatiga kelib qolgan.

Hozirgi kunda mazkur köprikdan 1200 nafar aholi va 81-umumta'lim maktabida tahsil olayotgan 330 nafar öquvçi, 7ta fermer xöjaligi foydalanadi. Tez yordam maşinasiga zarurat bölganda 4 kilometr masofani taşkil etadigan aylanma yöl va eski köprik mavjud.

Köprikning böyi 30 metr, eni 10 metrni taşkil etadi. Bugungi kunda köprikdan yuk va oğir texnikalar qatnovi töxtatilgan, köprik faqat yengil avtomaşinalar va piyodalarga xizmat körsatyapti.

Yaroqsiz holga kelgan köprikni qayta tiklaş böyiça «Ravşan-Zar» ŞXJ bilan tuman obodonlaştiriş boşqarmasi örtasida 2019 yil 17 sentyabrda 400 mln sömlik şartnoma tuzilgan. Quriliş-loyiha qiymati 1 mlrd 103 mln sömni taşkil etadi. Qaşqadaryo kompleks loyiha qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Ayni vaqtda «Ravşan-Zar» ŞXJ tomonidan birlamçi quriliş-montaj işlari boşlandi. Mablağ masalasi hal etilgandan söng köprikni quriş va montaj qiliş işlari töliq amalga oşiriladi», – deyiladi tuman hokimligi ma'lumotnomasida.

Şuningdek, tuman hokimligi «Qöşkapa» mahallasidagi köprikda qatnov töxtamagani, qişloq göyoki «qamalda qolgani» haqidagi xabarlar asossiz ekanligini ma'lum qildi.

Albatta, bu tabiiy ofat. Kimningdir aybi bilan vujudga kelmagan. Tuman hokimligi bu borada zarur çoralar körilganligini, aholi uçun xavf tuğdirayotgan holatlar va köpriklarni tiklaş böyiça amaliy işlar bosqiçma-bosqiç olib borilayotganligini ma'lum qildi.

Bardoşbek SAMAD öğli,
Kun.uz muxbiri.