Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda noqulay ob-havo 20dan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi
Hindistonning Bihar shtatida yashin urishidan kamida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Shtat favqulodda vaziyatlar departamenti vakili Anirudx Kumarning bildirishicha, yashin urishi hodisalari yakshanba kuni shtatning 8ta okrugida yuz bergan. Qurbonlarning ko‘pchiligi Sharqiy Champaran okrugida qayd etilgan, bu yerda 5 kishi yashin qurboni bo‘lgan.
Shu kuni yana besh kishi G‘arbiy Champaranda halok bo‘lgan. Ular kuchli shamol tufayli devorlarning qulashi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu yerda shamol tezligi soatga 50-70 kilometrni tashkil etgan. Shu bilan shtatda noqulay ob-havo qurbonlari soni 23 kishini tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:05 / 15.06.2026