09:50 / 29.05.2017
5818

Para-dzyudo. O‘zbekiston termasi Osiyo va Okeaniya chempionatida birinchi bo‘ldi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

26-28 may kunlarida Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyi ilk marotaba paralimpiya dzyudosi bo‘yicha tashkil etilgan va 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beradigan Osiyo va Okeaniya chempionatiga mezbonlik qildi. 

Musobaqada sportning ushbu turi bo‘yicha qit'ada eng kuchli sanalgan davlatlar - Eron, Janubiy Koreya, Hindiston, Iroq, Tojikiston, Tayvan, Tailand, Qozog‘iston va XV Paralimpiya o‘yinlari yakunlariga ko‘ra  jahonning eng kuchli jamoasi hisoblanadigan O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi.

Milliy Olimpiya matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda 9ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onadan 3ta oltin, 3ta kumush va 3ta bronza medal bilan Janubiy Koreya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, Eron terma jamoasi 2ta oltin 2ta kumush va 3ta bronza medalga sazovor bo‘lib, kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Mavzuga oid
Top