Bangladeşda ötgan amputantlar örtasidagi birinçi Osiyo çempionatida ğolib bölgan Özbekiston jamoasi vatanga qaytdi.
Özbekiston amputantlar jamoasi Osiyo çempionatining guruh bosqiçida Indoneziya (8:1), Bangladeş (3:0), Nepal (13:0) va Iroqni 4:1 hisobida mağlub etgan bölsa, finalda Indoneziya darvozasiga javobsiz 6 ta töp kiritildi.
Matonatli çempionlar 14 fevralga ötar keçasi Özbekistonga qaytib kelişdi. Qahramonlarni kutib oliş marosimida Tribuna.uz ham iştirok etib, turnir iştirokçilarining musobaqa borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Abdujamil Şukurov
— Musobaqa dastlab Hindistonda ötişi kerak edi. Negadir bekor bölib qoldi. Orada qiş keldi, sovuq tuşdi. Turnirga tayyorlanişimiz uçun yopiq maydon kerak edi. Özimiz Yangiyöldan maydon topdik. Qolganini Paralimpiyadagilar hal qilib berişdi. Yangi mehmonxonada yaşab, sovuqda 2 mahal maşğulot ötkazdik. Oson bölmadi: sovuqdan 30 daraja issiq mamlakat — Bangladeşga bordik, ammo könikib ketdik. Tayyorgarlik köngildagidek bölgani uçun xotirjam öynab yutib keldik.
Çempionatda Iroq jamoasiga qarşi bahs qiyinroq keçdi, deb ayta olaman. Ularni mağlub etgaç, murabbiy va öyinçi sifatida könglim xotirjam böldi.
35 yildan beri futbol öynayman. Turkiyadagi yiğinda Angliya va boşqa jamoalarga qarşi örtoqlik bahsi ötkazdik. Öşanda öynamay, murabbiylik qildim va juda qiynaldim. Undan köra öynaş osonroq ekan. 5 karra jahon çempioni bölgandim va mana Osiyo çempionligiga ham erişdim. Endi bemalol murabbiylik qilaversam böladi.

Qudrat Xudoyqulov
— Ilk Osiyo çempionatida birinçi örinni oldik. Finalning va turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topildim. 33 ta gol urdik, 1 ta töp ötkazib yubordik. Ğalaba bilan butun özbek xalqini tabriklayman.
Osiyodagi asosiy raqiblarimiz Eron va Iroq edi. Eronliklar qandaydir baxtsiz hodisa sababli kela olişmadi. Turnirdagi eng qiziqarli bahs Iroqqa qarşi keçdi.
Aziz Abdurahmonov
— Osiyo çempionati çiroyli ötdi. Musobaqaga yaxşi tayyorgarlik körgandik. Nasib qilsa, keyingi yili ötkaziladigan jahon çempionatiga tayyorgarlik köramiz.











