13:28 / 31.05.2017
10816

Sony PlayStation 3’ni boshqa ishlab chiqarmaydi

Foto: Getty Images

Sony Yaponiyada avvalgi avlod konsoli - PlayStation 3’ni boshqa ishlab chiqarmaydi. Yaqinda uni ishlab chiqarish G‘arb bozorlarida ham to‘xtatiladi.

PlayStation 3 Yaponiyada savdoga 2006 yilning 11 noyabr kuni chiqarilgan. Sony o‘yin qurilmasining avvalgi avlodi 10 yil davomida ishlab chiqarildi.

PlayStation 3’ning asosiy raqobatchisi - Xbox 360. Microsoft o‘yin qurilmasining avvalgi avlodi 2016 yilning aprelida ishlab chiqarishdan olingandi.

2015 yilning aprel oyi ma'lumotiga ko‘ra, Sony PlayStation 3’ning turli modifikatsiyalari – oddiy (FAT), Slim va SuperSlim’ni 87 million nusxada sotgan. So‘nggisi hozirga qadar sotuvda.

PS3 dunyodagi eng ko‘p sotiladigan o‘yin qurilmalari reytingida yettinchi o‘rinni egallaydi. Birinchi o‘rinda uning avvalgi avlodi - PlayStation 2 (155 millionta shunday o‘yin qurilmasi sotilgan).

Mavzuga oid
Top