14:20 / 31.05.2017
8271

Venger qolishi haqidagi xabarlar fonida Sanches va O‘zil ketishga hozirlanmoqda

Foto: AFP

«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil va jamoa hujumchisi Aleksis Sanches klubni tark etmoqchi. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.

Chililik futbolchining «kanonirlar» bilan shartnomasi muddati tugashiga 12 oy qolgan, u shartnomani uzaytirmasdan, shu yilning yozida Myunxenning «Bavariya» jamoasi safiga borib qo‘shilmoqchi.

Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligiga erishgan O‘zil esa keyingi yil yozida «Emireyts»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Futbolchilarning bu qarori Arsen Venger jamoada qolsa ham o‘zgarmasligi aytilgan.

O‘zil «kanonirlar» safiga 2013 yilda «Real»dan kelib qo‘shilgan, Sanches esa bir yil o‘tib, «Barselona»dan transfer qilingandi.

Bundan oldinroq jamoa bu futbolchilarga 280 ming funtdan iborat haftalik maosh taklif etayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top