Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 23:37 / 01.06.2017
4025
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Ozarboyjon elchisi qabul qilindi
2017 yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ozarboyjon Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Ozarboyjon hamkorligi muhokama qilindi.