Jahon | 10:10 / 02.06.2017
21587
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: B-52 bombardimonchilari Rossiya chegarasiga keltiriladi

Foto: © RIA Novosti

AQSh Harbiy-havo kuchlari NATO mashg‘ulotlari doirasida bir nechta V-52 strategik bombardimonchi samolyotlarini Yevropaga keltirgan. CNN  telekanali xabariga ko‘ra, bu yadroviy qurollar bilan jihozlangan harbiy samolyotlar Rossiya bilan chegara hududida joylashadi.

Qayd etilishicha, "NATOdagi ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlashi" ko‘zda tutilgan bu samolyotlar va 800 nafar harbiy hozirda Buyuk Britaniyada joylashgan. Mashg‘ulotlar iyun oyi davomida bo‘lib o‘tadi.

Bunday mashg‘ulotlar orasida Boltiq dengizida, Arktikada va "Rossiya chegarasidagi davlatlar", jumladan, Latviyada o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bor.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid