Keyingi kunlarda Özbekiston Harbiy havo kuçlariga tegişli eski samolyotlar sotuvga qöyilgani haqida xabarlar berilmoqda.
Amerikaning Sobiq Ittifoq davrida işlab çiqarilgan harbiy texnikalar savdosi bilan şuğullanuvçi Redfish Trading Company kompaniyasi (Texas ştati, San-Antonio şahridan röyxatdan ötkazilgan - tahr.) qator samolyotlarni sotuvga qöygan. Bu haqda kompaniyaning Facebook sahifasida ma'lum qilingan.
Xabarda aytilişiça, gap 7ta MiG-29 qiruvçi samolyoti, 5ta Su-27 qiruvçi samolyoti, bitta Su-25 hujumçi samolyoti hamda 22ta Su-17 rusumli qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari xususida bormoqda.
Harbiy texnikalar haqidagi ma'lumotlarda uşbu samolyotlar Özbekiston Harbiy havo kuçlariga tegişli ekani yozilgan.

Bu ma'lumot Özbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan ham qisman tasdiqlangan. Vazirlikdagilar nuz.uz portali söroviga javoban, harbiy samolyotlarning sotilişi bilan «Özmaxsusimpeks» taşkiloti yopiq tender asosida şuğullanişini aytişgan.
Mudofaa vazirligi haqiqatan ham uşbu taşkilotga murojaat qilib, ştatdan taşqari eskirgan texnikani sotişni taklif etgan, ammo ayni paytgaça tender ğolibi aniqlanganiça yöq, butun texnika doimiy tayanç bazalarida qolmoqda.
Vazirlikdagi manbaning ma'lumotiga köra, sotuvga eskirgan harbiy vertolyotlar ham qöyilgan. Şu bilan birga vazirlik sotilgan texnika örni töldirilişi borasida ma'lumot bermagan.












