10:30 / 05.06.2017
9637

«Arsenal» Mbappeni dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylantirmoqchi

Foto: Reuters

«Arsenal» «Monako» hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish fikridan chekinmoqchi emas.

Mail on Sunday xabariga ko‘ra, avvalroq 100 million yevrolik taklifi rad etilgan londonliklar klubi, endilikda ushbu 18 yoshli futbolchi uchun endi 100 million funt (115 mln yevro) taklif etmoqda.

Shuningdek, futbolchiga 230 ming funt (265 ming yevro) miqdorida haftalik maosh to‘lash ko‘zda tutilgan, bu esa ayni vaqtda jamoada eng ko‘p maosh oladigan Mesut O‘zilning maoshidan 1,5 baravar ko‘pni tashkil qiladi.

Bundan oldinroq «Real» va «Manchester Siti» «Monako»ga ushbu futbolchi uchun 130 million yevrolik takliflarni bergan, monegasklar bu takliflarga rad javobi qaytargan. Futbolchiga «Yuventus», «Liverpul» va «PSJ» klublaridan ham qiziqish mavjud.

Yakunlangan mavsumda Mbappe  monegaskliklar jamoasi safida barcha turnirlar doirasida 44 uchrashuvda maydonga tushib, 26 gol urdi.

Mbappe muxlisning uni «Arsenal»ga olib kelish haqidagi tvitiga layk bosdi 

Top